Hayit bayrami kunlarida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 8-14-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi

Bugun kunduzi respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq  ob-havo saqlanib turadi, harorat 22-27o, janubda 30o gacha bo‘ladi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ertaga 9 aprel kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va havo harorati 15-20 gacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20 gacha pasayadi. 

10-11 aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana 22-27o gacha, janubda 30o gacha ko‘tariladi.

12-14 aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 7-12o, kunduz kunlari 18-23o bo‘ladi. Respublika shimolida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.

Tog‘li hududlarda 9 va 12-14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda: bugun kunduzi havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 24-26o bo‘ladi.

9 aprelda ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 16-18o bo‘ladi.

10-11 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24o bo‘ladi.

12 aprelda kunning ikkinchi yarmida va 13-14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 18-23o bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 7-12o bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30203 | Инструменты