Huawei 1
Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz portali orqali tiklash mumkin bo‘ldi

Endilikda haydovchilik guvohnomasi yo‘qotilgan hollarda, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati binosiga borish talab etilmaydi — barcha jarayonlar my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn amalga oshiriladi. Foydalanuvchi “Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish” xizmatida “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash” bo‘limi orqali ariza yuborishi mumkin.

Xizmat narxi 370 ming 800 so‘m (0,9 BHM)ni tashkil etadi. Guvohnomani pochta orqali yetkazib berishni istaganlar qo‘shimcha 25 000 so‘m to‘laydi. Yangilangan guvohnoma 1 ish kunida tayyorlanadi, pochta orqali yetkazib berilishi bilan birga esa 3 ish kuni ichida fuqaroga yetkaziladi.

Maʼlumotlar tizimda tasdiqlanmagan, shaxs transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan yoki Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131 va 136-moddalari bo‘yicha maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan hollarda ariza rad etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91918 | Инструменты