“Fan va turmush” jurnalining internet sahifasi ishga tushdi
O'zbekistonning yagona ilmiy-ommaviy jurnali “Fan va turmush” 1933 yildan buyon nashr etiladi. Shu vaqt mobaynida uning sahifalarida yurtimiz olimlarining maqolalari chop etilib kelgan. Qachondir jurnal faqat o'zbek tilida chiqqan bo'lsa, 2002 yildan boshlab u o'zbek va rus tilida nashr etila boshladi. Jurnalning bosh muharrirlari lavozimida doimo O'zbekistonning yetakchi olimlari ishlagan.
2002 yildan boshlab jurnalning bosh muharriri lavozimida astrofizik, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Shuhrat Egamberdiyev ishlab kelmoqda. 1995 yildan shu kunga qadar u Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutining direktori hamdir.
Yangi ochilgan http://www.fvat.uz sayti sinov rejimida ishga tushirilgan bo'lib, jurnalning e'lon qilingan sonlarini o'z ichiga olgan sahifalardan iborat. “Oltin fond” bo'limida oxirgi yillardagi eng yaxshi maqolalarni o'qish mumkin.
Shuningdek jurnalning telegram-kanali ham mavjud .
Alpha version: 0.9.1.19 build 51702 | Инструменты