Mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirish va ularning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida yana bir rasmlar ko’rgazmasi o’z ishini boshladi. Unda uch nafar iste’dodli rassomlar Dilorom Mamedova, Dilmurod Yo‘ldoshev va Abduhakim Karimovdan iborat "ESKI SHAHAR" jamoasi o’zlarining asarlarini namoyish etishmoqda.
20-aprel kuni ko‘rgazma bilan birgalikda Artera Studio ijodiy studiyasining ochilish marosimi ham bo’lib o’tdi.
Marosimda studiya rahbarlari so’zga chiqdi. Ular bu yerda rassomlarning ijodiy ishlari namoyish etilishi bilan birga mahorat darslari ham o’tkazilishini bildirdi.
Ko’rgazmadan “Eski shahar” guruhining 200 dan ortiq rasmlari o’rin olgan. Ular yo’nalish va mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, Dilmurod Yo‘ldoshev asosan rang-tasvir va peyzaj uslubidagi tabiat manzaralari aks etgan ijodiy ishlarini taqdim etgan bo’lsa, Abduhakim Karimov 30 yillik miniatyuralarini namoyish etyapti.
Dilorom Mamedova san’at ahliga tandir-o’choq tasvirlari bilan yaxshi tanish. Rassomning ko’rgazmlarini bunday rasmlarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu galgi namoyishda uning 100 da ortiq asarlari tomoshabinlarga taqdim qilingan.
Ma’lumot uchun, bu yil Eski shahar guruhi tashkil topganiga 12 yil to’ldi. Shu vaqt mobaynida Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlardagi 20 ga yaqin ko’rgazmalarda ishtirok etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61322 | Инструменты