Huawei 1
Buxoroda 36 tup ko‘knor ekkan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 4 tup kannabis va 36 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, tuman IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan “Qoradori–2025” tezkor tadbiri davomida noqonuniy giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish bilan bog‘liq holat fosh etilgan.

Oldindan olingan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan tadbirda G‘ijduvon tumani Bulikayon mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada tomorqada 4 tup kannabis va 36 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simliklari parvarishlanayotgani, shuningdek, xo‘jalik xonasida og‘irligi 850 gramm bo‘lgan quritilgan ko‘knor o‘simligi saqlanayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61418 | Инструменты