Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yil 1 may holatiga chet el investitsiyalari ishtirokida 4 043 ta qo‘shma va 11 964 ta xorijiy korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Oxirgi besh yilda ularning umumiy soni 1,3 barobarga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkichning o‘tgan yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:
2021 yil – 5 848 ta qo‘shma, 6 639 ta xorijiy korxona
2022 yil – 6 117 ta qo‘shma, 7 760 ta xorijiy korxona
2023 yil – 5 057 ta qo‘shma, 7 932 ta xorijiy korxona
2024 yil – 4 627 ta qo‘shma, 9 851 ta xorijiy korxona
2025 yil – 4 043 ta qo‘shma, 11 964 ta xorijiy korxona
Alpha version: 0.9.1.19 build 61504 | Инструменты