Endi haydovchi piyodalarga yo‘l bermasa, radardan jarima chiqishi mumkin – Qonun loyihasi

“Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini qo‘llash tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi (ID-92892) muhokamaga qo‘yildi.

Loyiha bilan yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida hamda yo‘l-transport hodisalar o‘choqlarida maxsus foto-video qayd etish vositalari (radarlar)ni o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi belgilanmoqda.

Xususan, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish kabi qoidabuzarliklarni aniqlovi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlarini o‘rnatish qoidalari tasdiqlanmoqda.

Bunday vositalar quyidagi texnik talablarni qanoatlantiradi:

– Bir vaqtning o‘zida uch va undan ortiq yo‘l bo‘laklari hamda chorrahalarda harakatlanayotgan transport vositalarining davlat raqami belgisini aniqlashi mumkin;

– yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan fuqarolarning shaxsini aniqlaydi

– o‘rnatilgan nuqtadan sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida o‘tuvchi transport vositalarining kamida 95 foizi davlat raqami belgisini aniqlaydi;

– chorrahalarda hamda uch va undan ortiq yo‘l bo‘laklarida bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladigan qoidabuzarliklarni aniqlashi mumkin;

– avtomototransport vositalari davlat raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti bo‘yicha va xorijiy davlatlarga tegishli avtomototransport vositalarning davlat raqami belgilarini aniqlay oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты