Huawei 1
Dukkakli va moyli ekinlar urug‘lari sertifikatlashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Eksportga mo‘ljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urug‘larini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Sertifikat isteʼmol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga mo‘ljallangan urug‘lar eksporti uchun beriladi.

Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlanmagan urug‘larga nisbatan tatbiq etiladi.

Urug‘larni sertifikatlashtirish ishlari Qishloq ho‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Nizom quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:

- urug‘larni yetishtirish, tozalash, zararsizlantirish tartibi va ularni sertifikatlashtirish shartlari;

- Agentlikning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi;

- rasmiylashtirilgan sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga