MIB maʼlumotiga ko‘ra, sudlarning ijro hujjatlari asosida 85 nafar fuqaro foydasiga jami 78 mlrd so‘m zarar undirish bo‘yicha ijro ishlari mavjud. Hozirgacha undiruvchilarga 16,7 mlrd so‘m berilgan. Yana 61,3 mlrd so‘m zararni undirish bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda
Majburiy ijro byurosi “Dok-1 Maks” dori vositasidan jabrlanganlarga kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berilmayotgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
MIB maʼlumotiga ko‘ra, sudlarning ijro hujjatlari asosida qarzdor S.Kariyev va boshqalardan 85 nafar fuqaro foydasiga jami 78 mlrd so‘m zarar undirish bo‘yicha ijro ishlari mavjud.
Ijro harakatlari davomida S.Kariyevga tegishli Chilonzor tumani 1-Qatortol mahallasi, Qatortol 3-tor ko‘chasidagi turar joy binolari hamda Beshyog‘och mahallasi, Furqat ko‘chasidagi noturar joy binosi xatlanib, onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan.
Furqat ko‘chasidagi noturar joy binosi auksionda sotilib, 793 mln so‘m mablag‘ kelib tushgan. 7,1 mlrd so‘mga baholangan Qatortol 3-tor ko‘chasidagi turar joy binolari bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda.
Auksion savdolaridan kelib tushgan hamda S.Kariyevning oila aʼzolari tomonidan to‘langan mablag‘lar hisobidan undiruvchilarga jami 16,7 mlrd so‘m teng taqsimlab berilgan.
Hozirda S.Kariyev va boshqalardan qolgan 61,3 mlrd so‘m zararni undirish bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatob o'tamiz, 2022-yilda “Dok-1 Maks” dori vositasini iste’mol qilish oqibatida 68 nafar yosh bola vafot etgan. Ushbu dori vositasini O‘zbekistonga import qilgan tashkilot rahbari va Farmasevtika sanoatini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari 18–20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100719 | Инструменты