O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov Muqimiy teatri direktori etib tayinlandi

Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri direktori lavozimiga tayinlandi. Shu tufayli bugun, 7-oktabr kuni teatr jamoasiga yangi tayinlangan rahbar tanishtirildi. Bu haqda madaniyat vazirligi xabar berdi.Tadbirda Nodirbek Sayfullayev Fotih Jalolovni yangi lavozim bilan tabriklab, unga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrining ijodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, teatr faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda uning rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. 

Fotih Jalolov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Teatrni 2023-yil 22-fevraldan 2026-yil oktyabriga qadar Oʻzbekiston va Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Azim Mullaxonov boshqarib kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100719 | Инструменты