Huawei 2
Doha – Toshkent havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonning Qatardagi Favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xodjayev “Qatar Airways” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida davlatlararo to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovi va kargo tashuvini amalga oshirish, zamonaviy avia xizmat sohasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Badr Muhammad Al-Miyr O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama do‘stona aloqa jadal rivojlanayotganidan mamnunligini ta’kidlab, o‘zaro munosabatni shakllantirishda davlatlarni bog‘lab turadigan havo qatnovi juda muhimligiga e’tibor qaratdi. – Rejamiz jiddiy: dastlab haftasiga 4 marta, keyinchalik kunlik tartibda reys belgilash niyatidamiz, – ta’kidladi u.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnov orqali o‘zaro turistlar oqimi tezlashishi, ikki tomonlama savdo ko‘lami kengayishi ham urg‘ulandi. Tomonlar joriy yil 2-iyun kuni Doxa – Toshkent – Doxa avia reyslari yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tantanali ochilish marosimini o‘tkazishga kelishdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga