Huawei 2
Rossiyalik xakerlar Putinning tabrigini Ukrainaning 100 ta saytiga joylashtirdi

Rossiyalik xakerlar Ukrainaning 100 ga yaqin veb-saytlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya va Ukraina xalqlarining birodarligi haqidagi iqtibosini hamda 9-may kungi tabriklarini joylashtirdi.

Buzg‘unchilik nishonlari asosan Ukrainadagi universitetlar, litseylar va boshqa ta’lim muassasalarining internet sahifalari bo‘lgan.

Xakerlar guruhi a'zosining aytishicha, bu saytlar ishiga aralashish haqida emas, ular shunchaki asosiy sahifalarda Putinning qisqacha iqtibosli foto kollajini joylashtirgan.

"Biz har doim ukrain xalqini qardosh xalq deb bilganmiz. Men hali ham shunday deb o'ylayman. Bo‘layotgan voqea esa, albatta, fojia, bizning umumiy fojeamiz! Lekin bu bizning siyosatimiz natijasi emas", - deyiladi iqtiboslarning birida. 

Tabrik matni, shuningdek, Rossiya va Ukrainaning umumiy tarixi g'oyasini rivojlantirgan.

"Aziz ukrainaliklar, bizning bobolarimiz fashizmga qarshi yonma-yon kurashgan, bugun umumiy g'alabamiz kuni, sizlarni tabriklaymiz! 9-may muborak! G'alaba kuni bilan". 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga