Huawei 2
“Crocus’dagi terakt Tojikiston imijiga jiddiy putur yetkazdi” — Emomali Rahmon

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Moskvada uchrashuv o‘tkazdi

Emomali Rahmonning ta'kidlashicha, Tojikiston terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ikki tomonlama standartlarga qarshi.

“Bizning ikki tomonlama munosabatlarga kelsak, ular savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda ham o'z pozitsiyamizni 30 yildan ortiq davom ettirmoqdamiz. Biz terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ikki tomonlama standartlarga qarshimiz, terrorizmning millati ham, dini ham yo‘q”, — dedi Rahmon.

Uning ta'kidlashicha, terrorizmga qarshi "hamma joyda" birgalikda kurashish kerak. Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston maxsus xizmatlari avvalgi barcha yillarda yaxshi ishlagan, ammo, afsuski, Crocus City Hallda fojia yuz bergan.

Rahmon Tojikiston 30 yildan ortiq vaqtdan beri terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashib kelayotganini va bu muammoni bevosita bilishini taʼkidladi. “Bu global muammo”, dedi Tojikiston prezidenti.

"Tojiklar qadimiy tarixga, madaniyatga, sivilizatsiyaga ega xalqdir, bu biz uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Bo‘lib o‘tgan voqea xalqimizning imiji, tarixi, madaniyati va urf-odatlariga jiddiy zarba berdi. Bu borada siz bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etamiz”, — deya qoʻshimcha qildi Rahmon.

22-mart kuni Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi Crocus City Hall konsert zalida terakt sodir bo‘ldi: hujumchilar binodagi odamlarga qarata avtomatlardan o‘t ochishdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 145 kishi halok boʻlgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga