Davlat xizmatlari agentligi: Vaqtida ko'rib chiqilmagan arizalarga avtomatik ruxsatnoma beriladi

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ma'lum qilishicha, arxitektura qurilishi sohasida davlat xizmatlari ko'rsatishni takomillashtirilishi kutilmoqda.

Masalan:

- bino va inshoot tashqi ko'rinishini o'zgartirishni kelishish vakolatini hududiy boshqarmalardan tuman qurilish bo'limlariga berish;
- kadastr pasporti, obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi reyestrdan ko'chirmani Davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz portaliga murojaat qilib bir vaqtda olinishi;
- qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda vakolatli organlar tomonidan belgilangan muddatlarda ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasa "Sukut – alomati rizo" tamoyiliga ko'ra tizimda avtomatik tarzda ruxsatnoma shakllanib ariza beruvchiga yuborilishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40510 | Инструменты