Hukumat qarori (541-son, 27.08.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko'ra, Akademiyada quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlanadi:
▪️ “Hududlarni kompleks rivojlantirish”;
▪️ “Davlat boshqaruvi”;
▪️ “Inson resurslarini rivojlantirish”;
▪️ “Davlat siyosati”;
▪️ “Davlat moliyasini boshqarish”.
Akademiya magistraturasiga qabul davlat buyurtmasi bo'yicha davlat granti va to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Akademiyaga davlat buyurtmasi bo'yicha qabulni tashkil etish uchun nomzodlarni birlamchi saralab olish bo'yicha idoraviy komissiya tuziladi.
Nomzod Idoraviy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
➖ oxirgi 2 yillik faoliyati davomida amalga oshirgan ijobiy ishlari haqidagi ma'lumot;
➖ ma'lumotnoma-obyektivka;
➖ nomzodning qo'shimcha erishgan yutuqlari: ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, xorijiy tillarni bilish sertifikati kabilar.
Magistraturada o'qishga tavsiya etilgan nomzodlar umumiy sonining, qoida tariqasida, kamida 30 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Akademiyada magistratura mutaxassisliklariga davlat buyurtmasi bo'yicha tanlov 2 bosqichda, test sinovi va suhbat shaklida o'tkaziladi.
Qabul komissiyasi qarori bilan davlat buyurtmasi bo'yicha davlat granti asosida o'qishga tavsiya etilgan nomzodlarni Akademiya tinglovchiligiga qabul qilish rektorning buyrug'i bilan amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90218 | Инструменты