O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Pekin shahrida “China National Building Materials” (CNBM) kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Chjou Yuysyanni qabul qildi.
Xitoyning CNBM kompaniyasi qurilish materiallari ishlab chiqarish, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish, muhandislik-texnik yechimlarni taqdim etish bo‘yicha eng yirik konglomeratlardan biri sifatida dunyo kompaniyalarining TOP-500 taligiga kiradi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, shamol va quyosh elektr stansiyalari, energiyani saqlash tizimlarini qurish, muqobil energetika obyektlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi. Xitoy kompaniyasining yurtimiz sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturda ishtirok etishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Erishilgan kelishuvlarni jadallashtirish va amalga oshirish uchun alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90220 | Инструменты