Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy ma'rifat soati" boshlandi

Ayni paytda Davlat boshqaruvi akademiyasida vazirlik va idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, barcha tuman va shahar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy-ma'rifiy o'quv soati bo'lib o'tmoqda.

Siyosiy ma'rifat soati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ushbu siyosiy-ma'rifiy soatda spikerlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga to'xtalib o'tadilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51219 | Инструменты