Davlat bojxona qo'mitasi saytida “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati joriy etiladi

“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axborotini o'z vaqtida yangilab borish va uning uzluksiz ishlashini ta'minlash bo'yicha texnologik yo'riqnoma tasdiqlandi.

Yo'riqnomaga asosan, mazkur interaktiv xizmat Davlat bojxona qo'mitasi veb-saytida taqdim etiladi.

Huquqiy axborot kanali xabariga ko'ra, interaktiv xizmati bazasiga axborotni kiritish, yangilash va ushbu xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida foydalanuvchilarga “Bosh administrator”, “Administrator”, “Mas'ul xodim” va “Foydalanuvchi” maqomlari beriladi.

Shuningdek, qaror bilan vakolatli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan kiritiladigan, ushbu interaktiv xizmat doirasida taqdim etiladigan axborot ro'yxati tasdiqlandi.

Mazkur xizmat doirasida axborot real vaqt rejimida taqdim etiladi.

Eslatib o'tamiz, joriy etilayotgan interaktiv xizmat manfaatdor barcha foydalanuvchilarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa ma'lumotlarni Internet tarmog'i orqali olish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50613 | Инструменты