Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasining yetti nafar inspektori tabiatni muhofaza qilish borasidagi jasorat va fiodiyligi uchun "Tabiat himoyachisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Eslatib o’tamiz, 15-iyul kuni Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Peshko’ tumanining “Safron” cho’l massivida navbatdagi reyd tadbiri o’tkazilgan edi.
Reyd davomida inspektorlar saksovulfurushlarning jiddiy qarshiligiga duch kelishadi. Hattoki qonunbuzarlar inspektorlarga tan jarohati ham yetkazishadi. Ammo inspektorlar o’z jonini xatarga qo’yib bo’lsa-da ortga chekinmaydi va huquqbuzarlikka chek qo’yilib, qat’iy chora ko’riladi.
Bugun Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasida fidoiy inspektorlarning mehnati munosib e’tirof etildi — 7 nafar xodim “Tabiat himoyachisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlanishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80513 | Инструменты