Bugun, 31 yanvar kuni soat 08:23 da Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Tinchlik” MFY, “Sho‘robod” ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uy xonalaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi ro‘y berdi.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar jalb etilgan, oqibatlar bartaraf etilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, gaz plitasidan foydalanish vaqtida sizib chiqqan gaz sabab chaqnash sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro jarohat olgan, shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13114 | Инструменты