Huawei 1
Buxoroda dorixonalarga dori yetkazib beruvchi tadbirkor ayol firibgar bo‘lib chiqdi

Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 33 yoshli (ayol) Sh.G. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 9.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 33 yoshli (ayol) U.Z. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, (ayol) U.Z. bilan "Telegram" messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini dorixonalarga dori yetkazib beruvchi tadbirkor ekanligi, agarda unga sarmoya kiritsa, berilgan pullarni dori savdosida aylantirib, ko‘rilgan foydadan vaqtida berishini aytib, aldov yo‘li bilan 9.000.000 miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgandan so‘ng bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.Z.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga