Huawei 1
Bolalar ombudsmani: 2025-yilning olti oy ichida bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi

Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki 6 oyi davomida Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga kelgan 885 ta murojaat ko‘rib chiqildi. (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga oshgan). 20 ta murojaat (2,3%) voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yo‘llangan. 

Internet tarmog‘i monitoringida bola huquqlarining buzilishiga oid 185 ta holat aniqlangan va tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda tekshirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 16 ta jinoyat ishi hamda 22 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan.

Ota-onasi va boshqa yaqinlari bergan murojaatlar bo‘yicha 5 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga olib kelinishiga, 1 nafar bola o‘z yurtiga, Rossiyaga qaytarilishiga erishildi.

RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bolaga bo‘lib turgan shaharlarida barcha zarur shart-sharoitlar taʼminlanib, so‘ng O‘zbekistonga qaytarilgan.

Bolalar ombudsmani 2025 yilning birinchi yarmida 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaati ko‘rib chiqildi. Bolalar ombudsmani Kotibiyati xodimlari 20 marotaba (fuqarolik, jinoyat va maʼmuriy sudlarda) sud majlislarida bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70716 | Инструменты