Huawei 1
Birinchi xonim qizi Saida Mirziyoyeva bilan Parijga bordi

O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan birga Parijga bordi. Buni Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan suratlar tasdiqlaydi.

Mirziyoyevalar UNESCO bosh direktori Odri Azule hamrohligida tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyodagi ilk professional fotosuratchi va kinooperator Xudoybergan Devonovga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga borgan. 

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada 34 ta fotosurat namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma 4 aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

“Biz doim jahon hamjamiyatiga mamlakatimizni o‘ziga xos rakurslarda ko‘rsatishga, yurtimizning kutilmagan qirralarini namoyish etishga harakat qilamiz. Har bir tadbir odamlarda chinakam qiziqish uyg‘otadi — ular O‘zbekistonni o‘zlari uchun yangitdan kashf etishadi”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva

Uning aytishicha, parijliklar ulkan arxivning bir qismi bo‘lgan ushbu fotokolleksiyadagi ko‘plab suratlarning ilk tomoshabiniga aylanishadi. Mazkur noyob suratlar ilgari na O‘zbekistonda, na xorijda namoyish etilgan. Ularda o‘tmishning betakror lahzalari — Xorazmning kundalik hayoti, urf-odatlari, me’morchiligi va odamlar turmushi aks etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51615 | Инструменты