Huawei 1
Piskentda ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 15-may kuni soat 16:50 Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Piskent tumani "Lolaariq" mahallasi hududida ochiq dala maydonda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari hamda 7 nafar qutqaruvchi jalb qilingan.

Ma‘lum bo‘lishicha yong‘in Piskent tumanining “Lolaariq” MFY, hududidagi tuman zahira yerlarida 1 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq o‘t va shoh-shabba yongan.

Olib borilgan sa‘y harakatlar natijasida yong‘in soat 18:25 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61412 | Инструменты