“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda so‘ngi bir haftada oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlandi.
Bunda 15,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (32,4 mlrd soʻm) va 1,8 mln metr kub tabiiy gaz (5,4 mlrd soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida jami 37 mlrd 921 mln soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 126 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51915 | Инструменты