16-18-may kunlari Singapurda badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Qiziqarli bellashuvlar yakunida Oʻzbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronza jami 20 ta medal qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
Stol tennischilarimiz jahon chempionatida qatnashishdi
Shu kunlarda Qatarda stol tennisi boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Marhabo Magdiyeva hamda Asel Erkebayeva ishtirok etishdi. Juftlik dasturida qatnashgan hamyurtlarimiz ilk bosqichda hindistonlik raqiblariga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi va musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
“Suv parisi” xalqaro turniri yakunlandi
Toshkentda sinxron suzish boʻyicha “Suv parisi” I Markaziy Osiyo ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. 6 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar oʻrtasidagi bellashuvlar U12, U15 va kattalar oʻrtasidagi tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham munosib ishtirok etishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51918 | Инструменты