Banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi Banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3730, 18.12.2025-y.).

Unga ko'ra, sindikatlashgan kredit qarz oluvchini birgalikda moliyalashtirish uchun bank sindikati ishtirokchilari tomonidan ajratiladigan kredit hisoblanadi.

Bank, xorijiy bank, xalqaro moliya tashkiloti yoki ro'yxatdan o'tkazgan davlat qonunchiligiga muvofiq kredit ajratishga haqli bo'lgan chet el yuridik shaxsi bank sindikati ishtirokchisi bo'lishi mumkin.

Qarz oluvchi bankka sindikatlashgan kredit olish haqida ariza bilan murojaat qiladi.

Bank sindikatlashgan kredit ajratish mumkinligi to'g'risida qaror qabul qilgan taqdirda, qarz oluvchi bilan sindikatlashgan kreditning dastlabki shartlarini kelishib oladi.

Yetakchi ishtirokchi bank sindikatida ishtirok etishi mumkin bo'lgan potensial ishtirokchilarga qarz oluvchi to'g'risida ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bank sindikatida ishtirok etish bo'yicha taklifni yuboradi.

Bank sindikati sindikat ishtirokchilari o'rtasidagi yozma kelishuv asosida tuziladi va unda sindikat ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, huquq va majburiyatlar belgilanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122212 | Инструменты