Adliya vazirligi "Investisiya vositachisi faoliyati to'xtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar bo'yicha harakatlar tartibi to'g'risida"gi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3727, 18.12.2025-y.).
Unga ko'ra, investitsiya vositachisining litsenziyasi to'xtatib turilganda, u depozitar operatsiyalarni to'xtatadi hamda bu haqida 2 ish kunida OAV va fond birjasining veb-saytida e'lon qiladi.
Investitsiya vositachisi uning litsenziyasi tugatilganda yoki bekor qilinganda, deponentlarning hisobvaraqlaridan ko'chirmalarni shakllantiradi va faoliyati tugatilganligi to'g'risidagi xabarnomani deponentga yuboradi.
Deponent xabarnoma 1 hafta muddatda tugatilayotgan investitsiya vositachisiga o'z qimmatli qog'ozlarini boshqa investitsiya vositachisiga o'tkazish to'g'risida topshiriq beradi.
Deponent tomonidan bunday topshiriq taqdim etilmaganda, investitsiya vositachisi qimmatli qog'ozlarni «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» AJga o'tkazadi.
«Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» AJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog'ozlarni 1 kun ichida deponent tanlagan investitsiya vositachisiga o'tkazib berish orqali deponentlarga qaytaradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122212 | Инструменты