Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 44,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,3 ming nafarga yoki 16,2 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida BAAga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 39 172 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 5 024 nafar
xizmat yuzasidan – 363 nafar
davolanish – 167 nafar
o‘qish – 70 nafar
Alpha version: 0.9.1.19 build 62204 | Инструменты