Aziza Umarova “Uzbekistan Airports” kuzatuv kengashiga a'zo bo'ldi

Smartgov consulting kompaniyasi rahbari Aziza Umarova “Uzbekistan Airports” kuzatuv kengashining a'zosi bo'ldi. Ushbu qaror 14-noyabr kuni davlat aksiyadorlik jamiyatining yagona aksiyadori tomonidan qabul qilindi.

Qonunga muvofiq, kuzatuv kengashining a'zosi kompaniya strategiyasini ishlab chiqishda qatnashishi, moliyaviy ma'lumotlarning ishonchliligini nazorat qilishi, shuningdek har chorakda AJ faoliyati natijalarini tahlil qilishi shart.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50519 | Инструменты