Aziz Abduhakimov "Al-Buxoriy" xalqaro sputnik telekanalini ochishni taklif etdi
Bu haqda Bosh vazir o'rinbosarining matbuot kotibi o'zining rasmiy sahifasida ma'lum qildi.
Aziz Abduhakimov ushbu taklifni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo'lib o'tgan yig'ilishda aytib o'tgan. U mazkur telekanalda musulmon aholisi ko'p bo'lgan mamlakatlar tillarida O'zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini namoyish qilish va targ'ibot kampaniyasini kuchaytirish kerakligini aytgan.
Bosh vazir o'rinbosari, shuningdek, O'zbekistonda ziyorat turizmi sohasida erishilayotgan yutuqlarga ham to'xtalib o'tgan. U, jumladan:
"Vizasiz rejim joriy etilgach, Indoneziyadan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi – 170 foizga, Malayziyadan – 158 foizga, Turkiyadan – 154 foizga, BAAdan – 153 foizga oshdi. “Jahon musulmon sayyohlari indeksi” reytingida O'zbekiston 10 pog'ona (22-o'rinda) yuqorilab, IHTga a'zo mamlakatlar orasida “eng jozibador” va “xavfsizlik va bag'rikenglik darajasi yuqori” bo'lgan 10 mamlakat qatoridan o'rin oldi", – deya qayd etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40406 | Инструменты