Yangi vakolatxona Toshkent viloyatining investitsion, iqtisodiy va madaniy salohiyatini AQShda targ‘ib etish, shuningdek, Amerika biznes doiralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari doirasida AQShning Florida shtati, Gollivud shahrida viloyatning rasmiy vakolatxonasi ochildi.
Tashrifning asosiy maqsadi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarda yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat.
Ochilgan vakolatxona viloyatning iqtisodiy, madaniy va turistik imkoniyatlarini Amerika bozorida tizimli ravishda targ‘ib etish, shuningdek, AQShdagi biznes hamkorlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish uchun doimiy platformaga aylanadi
Ushbu markaz orqali Toshkent viloyati tadbirkorlari va eksportyorlariga Amerika bozoriga chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, Gollivud shahri bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Loyiha ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida barqaror hamkorlik aloqalarini rivojlantirishга xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111422 | Инструменты