Huawei 1
Andijondagi "Kanada rejasi" ish bermadi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro X.M. fuqaro O.N.ning ishonchiga kirib, go‘yoki elchixonada ishlovchi tanishlari orqali Kanada davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50616 | Инструменты