Bugun, 5-sentabr soat 12:05 da Andijon viloyati FVBga, Andijon tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz toʻldirish shoxobchasi hududida taxminan 5 tonnali yoqilgʻi saqlash sigʻimiga ega “MAN” rusumli yoqilgʻi tashuvchi avtomobili sisternasidan propan suyultirilgan gazni toʻkish vaqtida texnologik jarayon buzilishi oqibatida yongʻin kelib chiqqanligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari hodisa joyiga 12:13 da yetib borib, yong‘in soat 12:26 da oʻrab olingan hamda 13:03 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90600 | Инструменты