Huawei 2
Andijonda “prava”si bo‘lmagan shaxs Tracker’ni qarama-qarshi yo‘nalishda haydadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda Tracker avtomashinasi haydovchisi qarama-qarshi tomonga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.  

Maʼlum qilinishicha, ushbu avtomobil 1985-yilda tug‘ilgan A.A.ga tegishli ekanligi, videoda aks etgan qoidabuzarlikni esa uning haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan jiyani, 2004-yilda tug‘ilgan A.O. tomonidan 2023-yil 24-dekabr kuni sodir etilganligi maʼlum bo‘lgan.

Holat bo‘yicha MJtKning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi (transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, yaʼni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi) va 135-moddasi ikkinchi qismi (transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi) tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga