Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet davlatga borib kelishi mumkin bo‘ladi

Adliya vazirligi "Sud hujjati asosidagi ijro hujjatlarini uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxslarning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash bo‘yicha vakolatli davlat organlarining hamkorligi to‘g‘risida"gi nizomga qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3196-2, 26.11.2025 y.).

Unga ko‘ra, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslar sug‘urta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi bo‘yicha vaqtinchalik cheklovni to‘xtatib turadi.

Bu kabi sug‘urta turlari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Sug‘urta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112802 | Инструменты