Huawei 1
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-86-son, 15.05.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.

Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkonini beruvchi xalqaro taʼlim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.

O‘quvchilar bilan individual ishlash tizimi joriy etilib, 1 nafar maslahatchi va pedagogga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativiga mutanosib ravishda 1:15 va 1:8 nisbatlar qo‘llanadi.

Maktabda taʼlim jarayoni variativ o‘quv rejalar asosida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilga o‘qitiladi;

Maktabda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan o‘quvchilarning umumiy cheklangan soni 180 nafarni tashkil etadi.

O‘quvchilarga ilmiy-tadqiqot va innovatsion startap loyihalar hamda boshqa ijtimoiy loyihalar bo‘yicha o‘zining portfoliosini shakllantirishga ko‘mak beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52200 | Инструменты