Huawei 1
Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tartibi tubdan takomillashtiriladi

“Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-267-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga o'tishning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

—  “Ijtimoiy karta” axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to'lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini bosqichma-bosqich to'liq avtomatlashtirish;

— ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va to'lovlardan, shuningdek davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yig'ish zaruratini bekor qilish;

—  davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralarini manzilli, qisqa muddatlarda, masofadan turib hamda proaktiv tarzda olish imkoniyatini berish;

—  ijtimoiy sug'urtalashni joriy qilish doirasida raqamli servislarni rivojlantirish orqali davlat va tadbirkorlar o'rtasida hamkorlik qilishni soddalashtirish;

—  respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahalla darajasida davlat ijtimoiy qo'llab-quvvatlashini amalga oshiruvchi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91600 | Инструменты