Huawei 1
8-dekabr kuni O'zbekiston hududlari bo'ylab yomgʻir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi

TOSHKENT SHAHRI 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 6-8° iliq boʻladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarga yog‘ingarchilik (yomgʻir, qor). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va  kunduzi  
0-5° iliq bo‘ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarga yomgʻir yogʻadi, faqat Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarga yog‘ingarchilik (yomgʻir, qor). Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50915 | Инструменты