5-may “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi

“Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-316-son, 23.10.2025-y.) qabul qilindi.

Quyidagilar kasbiy taʼlim tizimini 2030 yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

- xalqaro va qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish;

- 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy taʼlim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish;

- xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafarga yetkazish.

Maktabning 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi.

2026 yildan boshlab 5 may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi hamda uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy taʼlimni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102822 | Инструменты