Toshkentda “Naqsh” hunarmandchilik maktabi ochildi. Loyiha Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Britaniyaning eng qadimiy an’anaviy san’at maktabi – King jamg‘armasi (KFSTA) bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maktab faoliyati bilan tanishdi.

KFSTA – ko‘p yillardan buyon dunyoning turli burchaklaridan kelgan ustalarga me’morchilik, naqsh, xattotlik va amaliy san’at sirlarini o‘rgatib kelayotgan maskandir. Endilikda bu boy tajribadan O‘zbekistonda ham bahramand bo‘lish imkoni paydo bo‘lmoqda.

“Naqsh” maktabining birinchi o‘quv yili besh kursdan tashkil topadi. Dastlabki mashg‘ulotlar Toshkentda, 2-bosqich Samarqandda – Ulug‘bek madrasasida o‘tkazilib, talabalar XV asr yodgorliklari misolida islom san’atiga oid naqshlarni o‘rganadi.
“Qadimiy hunarlar zamon bilan hamnafas bo‘layotgani, ustalar esa ularni avloddan avlodga yetkazish uchun ilhom olayotgani quvonarli hol”, – dedi Saida Mirziyoyeva.



Alpha version: 0.9.1.19 build 102820 | Инструменты