Huawei 2
4-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev ta’tilga chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 4-dekabrdan qisqa muddatli mehnat ta’tiligachiqdi.

UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Kompaniya mazkur avtomobil uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini yangi modellarga yo‘naltiradi.

Abu Dabining yetakchi kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish va iqlim ta’sirini yumshatishga ko‘maklashadi

Dubayda COP28 forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda “Tadweer” kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik Boshqaruv kengashi O'zbekistonning 5 ta milliy loyihasini tasdiqladi

AEXA Boshqaruvchilar kengashining navbatdagi sessiyasida 2024-2025-yillarga mo'ljallangan yangi texnik hamkorlik dasturini tasdiqlash masalalari ko'rib chiqildi.

Saudiya Arabistoni O'zbekistonda ishlab chiqarilgan quruq mevalar eksporti hajmini oshirishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligida "Mahmasah Tasali Marsa Matrooh Company for nuts" kompaniyasi bosh direktori Labib Muhammad Saad bilan muzokaralar o'tkazildi.

Nurmat Atabekov: Mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarida taʼlim jarayonini to‘xtatishga asos yo‘q

Hozirda aksariyat mamlakatlar qatori O‘zbekistonda ham mavsumiy kasalliklar tarqalishi ko‘paygan. Ayniqsa, bolalarda bu jarayon biroz og‘ir kechmoqda.

Shahrisabz va Qamashi tumanlarining tog'li hududlarida zamonaviy turizm obyektlari barpo etiladi

O'zbekiston Prezidentining "Qashqadaryo viloyatining tog'li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko'rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qilindi.

"Salimboyvachcha" qo‘lga olindi

Xalq orasida "Salimboyvachcha" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev Toshkentdagi uyidan ushlab ketilgani aytildi.

“Karbamazepin” tabletkasi ichidan soch tolasi chiqqani aytilmoqda

Hozirda holat SSV Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan o‘rganilmoqda. Mazkur preparat o‘rnatilgan tartibda laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilgandan so‘ng vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi aytildi.

Chirchiq shahrida Qozog‘iston universitetining filiali tashkil etiladi

Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi eʼlon qilindi.

“Baxti Tashkentskiy” qoʻlga olindi

O‘zbekiston huquq-tartibot organlari Toshkent shahrida "Baxti Tashkenskiy" laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va boshqa shaxslarni qo‘lga oldi. Ular tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga