Samarqandda kadastrlar palatasi muhandisi pora bilan ushlandi
U Urgut tumanidagi 50 sotix yer maydonini fuqaroga 97 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytgan va oldindan 31 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga tushgan.
OCHL. “Paxtakor” mehmonda “Al-Ayn” ustidan g‘alabani qo‘lga kiritdi, “Navbahor” o‘z maydonida “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘ldi
Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi doirasida "A" va "D" guruhlaridagi o‘yinlar yakuniga yetib, "Paxtakor" va "Navbahor" pley-off bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatini saqlab qoldi.
Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Nuriddin Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u TIV Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari — Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Endi O'zbekistonda oilaviy mehmon uylari va xostellarni YAIDXP orqali ro'yxatdan o'tkazish mumkin
Oilaviy mehmon uylari, xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.
Boks bo’yicha O’zbekiston chempionati g’oliblari aniqlandi
Boks bo’yicha kattalar o’rtasidagi mamlakat chempionati nihoyasiga yetdi.
Toshkentning yerusti metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak vafot etdi
Toshkent metrosining “Qo‘yliq” bekatida erkak o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi.
Toshkent viloyatining tog‘li Bo‘stonliq tumanidagi Oqtosh qishlog‘ida bodom gulladi
Bu hodisa tog‘ landshafti uchun juda noodatiy hodisa ekanligi aytilmoqda.
Toshkentda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi, jarohatlanganlar bor
Toshkent shahar IIBB YHXBning "Uzreport.news"ga ma'lum qilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida 4 nafar avtobus yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan va ularga tez tibbiy yordam ko'rsatilgan.
Hojiboy Tojiboyevning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi
Endilikda uning asarlaridan foydalanishda mutlaq huquqlar “Milliy TV” telekanali va “Oriat Dono” radiosi tomonidan litsenziya shartnomasi asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Senat raisi: 2048-yilga borib O‘zbekiston mehnat bozori 27,6 million kishini tashkil etadi
BMT tomonidan dunyo aholishunosligi istiqbollari mavzusida o‘tkazgan tadqiqotda 2048-yilga borib O‘zbekiston aholisining asosiy qismini mehnatga layoqatlilar tashkil etishi qayd etilgan. Yaʼni, o‘sha vaqtda mehnat bozori 27,6 million kishini tashkil etadi.
Ayrim toifadagi fuqarolar uchun 5 mingdan ortiq imtiyozli transport kartalari tarqatildi
Qayd etilishicha, shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqiga ega ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozli transport kartalari joriy etildi. Joriy yil yanvar – oktyabr oylari davomida 5 mingdan ziyod fuqarolarga imtiyozli transport kartalari tarqatildi.
Yil boshidan beri Toshkent viloyatidagi salkam 2 mingta "svet"dan qarzi bor xonadondan 88 mlrd so'm undirildi — MIB
Shuningdek, amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 208 mln so‘mlik mol-mulklar qarzdorlik evaziga xatlovga olinib, bugungi kunga qadar 41 mln so‘mlik mulklar elektron onlayn savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi
Shuningdek, o‘zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan mobil ilova yaratiladi.
“Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi
Poyezd 2023-yilning 10-dekabr sanasidan harakatni amalga oshiradi.
O'zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilidan nimalar o‘zgaradi?
Prezident qaroriga ko‘ra, oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish "avval test, so‘ng tanlov" tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Qashqadaryoda ish vaqtida bazm uyushtirgan tibbiyot xodimlari javobgarlikka tortildi
Viloyatning G‘uzor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi bo‘lim mudiri, bosh hamshirasi va ikki nafar navbatchi hamshirasiga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
O'zbekistonda avtomobilni mast holatda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
Deputatlar yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq qonun loyihasini uch o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qildi. Loyiha bilan transport vositalarini mast holatda boshqarish yoki mastlik holatida tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Amalda buning uchun ma’muriy javobgarlik mavjud.
O‘zbekistonda “suyunchi puli” olish tartibi va miqdori ma’lum qilindi
Maʻlumot uchun, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʻni hozirgi kunda 688 940 so‘mni tashkil etadi.
Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Qozogʻistonga favqulodda qo‘ndi
Ushbu reys yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sababli Aqtoʻbe xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qoʻnishga majbur bo'ldi. Ekipaj bortga oldiga tez yordam mashinasini so'ragan.
Saudiya Arabistoni 5 ta sohada O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb etishni rejalashtiryapti
Qayd etilishicha, xizmat ko‘rsatish, aviatsiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalariga O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonida oshpaz va ofitsiantlarga talab yuqori bo‘lgani bois mazkur yo‘nalishda ham ishchilarni yollash nazarda tutilmoqda.
Toshkentda avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etdi
Hozirda shaharda kun davomida o‘rtacha 1 millionga yaqin avtotransport harakatlanmoqda. Bu yo‘llarda bir vaqtda harakatlanish sig'imidan 2 barobar ko‘p.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan joriy yil 5-7-oktabr kunlaridagi Rossiyaga oliy darajali tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
O'zbekistonda mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlashda yangicha amaliyot joriy etiladi
2025-yil 1-yanvardan boshlab mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlash (saylash), xizmat bo‘yicha lavozimini ko‘tarish yoki tushirishda, maxsus unvonlar berishda Inson huquq va erkinliklari indeksi natijalarini inobatga olish amaliyoti joriy etiladi.
Davlat organlarida inson huquq va erkinliklari ta’minlanishiga rioya etilayotganini aniqlash tartibi joriy etiladi
Hukumatning “Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklari ta’minlanishiga rioya etilayotganini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Qaror bilan Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishiga rioya etilayotganini reyting asosida baholovchi Inson huquq va erkinliklari indeksi joriy etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120415 | Инструменты