Sardor Rahimxonga duch kelgan piton Namangandagi hayvonot bog‘iga tegishli bo‘lib chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sardorga boʻgʻma ilon tashlandi. Yetimlar xavf ostida qoldi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Videoda xonadonga piton iloni kirib qolgani aks etgan. Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.
Endi soxta tabiblar javobgarlikka tortiladi
SSV bu bo‘yicha qonunchilikka alohida javobgarlik kiritishni taklif qilmoqda.
Paxta-to'qimachilik klasterlari moliyaviy sog'lomlashtiriladi
2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda jamg'armaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qoldig'ini qaytarish muddati tijorat banklarining ijobiy xulosasi asosida 2025-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi.
Manfred Huterer Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
O'zbekistonda yangi milliy turizm brendi yaratiladi
Turizm qo'mitasi 2024-yil 1-oktyabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov o'tkazadi.
Toshkentda sotsiolog olim o‘z uyida o‘ldirib ketildi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Sodir etilgan jinoyat sabablari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston Sirdaryo orqali Qozog‘istonga 4 mlrd kub metrga yaqin suv berdi
Sug‘orish davri yakuniga qadar O‘zbekiston Qozog‘istonga 1 milliard kub metrga yaqin suv jo‘natishi kutilmoqda.
Tegishli malakaga ega bo‘lmay turib psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Qonun loyihasining qabul qilinishi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy poydevori yaratilishiga, fuqarolarning psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, aholini sifatsiz psixologik yordamdan himoya qilish, mamlakatimizda xususiy amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini takomillashtirish, malakali psixologlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Urgutda qadimiy So‘g‘d madaniyatiga oid ibodatxona va noyob devoriy suratlar topildi
Ibodatxona ilk o‘rta asrlarga tegishli bo‘lib, uning tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda va devorlari diniy mavzudagi suratlar bilan bezatilgan.
Barcha avia, temir yo'l va avtobus qatnovlarida chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi
2024-yil 1-dekabrgacha O'zbekistondagi barcha avia, temir yo'l va avtobus qatnovlari haqida ma'lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.
Raqobat qo'mitasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov nega aybsiz ekaniga tushuntirish berdi
"Madaniyat vazirining ushbu reklamada ishtirokini “Davlat va fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni doirasida tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq", deyiladi qo'mita xabarida.
Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi
2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120620 | Инструменты