2025-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 376,7 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 18,9% ga o‘sgan.
Hududlar kesimida ish haqining eng yuqori o‘sish sur’ati Namangan viloyatiga to‘g‘ri keldi. Hududda o‘rtacha ish haqi 22,8% ga oshib, 4,751 mln so‘mni tashkil etdi. Undan keyingi o‘rinlarda Sirdaryo viloyati 20,8% ga (5,119 mln so‘m) va Jizzax viloyati 20,5% ga (4,786 mln so‘m) turibdi.
Yanvar-dekabr oylarida hududlar bo‘yicha eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida kuzatildi — 10 mln 753,8 ming so‘m (+18,3%).
Undan keyingi pog‘onadan 7,871 mln so‘m bilan Navoiy hamda 5,967 mln so‘m bilan Toshkent viloyatlari joy oldi. Eng kam oylik maosh esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi — 4,476 mln so‘m.
Sohalar kesimida ish haqlari qanday bo‘ldi?
2025-yilda sohalar kesimida oylik ish haqining eng yuqori o‘sishi (26,4%) san’at va dam olish yo‘nalishlarida kuzatildi, o‘rtacha oylik ish haqi esa 5,448 mln so‘mni tashkil etdi. Undan keyingi yuqori o‘sish ta’lim sohasiga to‘g‘ri keldi (20,1%), o‘rtacha ish haqi esa 4,372 mln so‘mga yetdi.
Bank va sug‘urta sohasi eng yuqori oylik maosh bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda. Yanvar-dekabr oylarida bu yo‘nalishda oylik ish haqi 17,597 mln so‘mni tashkil etdi. Kuchli uchlikdan esa 15,298 mln so‘m bilan axborot va aloqa (+15,8) hamda 9,66 mln so‘m bilan tashish va saqlash (+18,9) sohalari joy oldi.
Bu davrda eng past ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida (3,9 mln so‘m) qayd etilib, o‘sish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,5% bo‘ldi.
Xususan, axborot va aloqa sohasida eng yuqori o‘rtacha maosh quyidagi yo‘nalishlarida qayd etildi:
Bank va moliya sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi majburiy ijtimoiy sug‘urtalashdan tashqari, qayta sug‘urtalash va nafaqa jamg‘armalari (22,296 mln so‘m) hamda moliyaviy xizmatlar va sug‘urtalash (19,123 mln so‘m) faoliyatida kuzatildi.
Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik maoshning eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda qayd etildi — 10,16 mln so‘m. Eng past ish haqi esa maktabgacha ta’limga to‘g‘ri keladi — 2,868 mln so‘m. Texnik va professional ta’limda o‘rtacha maosh 4,278 mln so‘mni hamda umumiy o‘rta ta’limda 4,278 mln so‘mni tashkil etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12713 | Инструменты