Huawei 1
2024-yilda sudlar tomonidan birinchi instansiyada 3 015 189 ta ish mazmunan ko‘rib tamomlangan

2024-yilda sudlar tomonidan birinchi instansiyada 3 015 189 ta (fuqarolik, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, iqtisodiy, maʼmuriy) ish mazmunan ko‘rib tamomlangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 43 foizga, shu jumladan, fuqarolik ishlari 59 foizga, iqtisodiy ishlar 61 foizga oshgan.

Birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining 3,5 foizi bo‘yicha keltirilgan shikoyat va protestlar asosida viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida qaytadan ko‘rilgan. Shu bilan birga 96,5 foiz ishlar bo‘yicha sud qarorlari ustidan shikoyat (protest) keltirilmagan. Yaʼni, bu ishlar bo‘yicha qabul qilingan sud qarorlari bilan ishda ishtirok etgan taraflar to‘liq rozi bo‘lishgan.

Shuningdek, birinchi instansiya sudlari tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlarining yuqori instansiyalarda atigi 0,8 foizi bekor qilinib, yangi qarorlar qabul qilingan, 0,7 foizi esa o‘zgartirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20811 | Инструменты