17-18-oktabr: Dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo kuzatiladi

16−18-oktabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Havo harorati asosan kechalari +10-15 daraja, kunduz kunlari +22-27 daraja, shimoliy hududlarda 17−18-oktabrda kechalari +5-10 daraja, kunduz kunlari +18-23 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Tog‘li hududlarda 16-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17−18-oktabrda ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +12-14 daraja atrofida, kunduz kunlari 16-oktabrda +24-26 daraja, 17−18-oktabrda +22-24 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101806 | Инструменты