Huawei 2
16-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Prezident hokim o‘rinbosarlarining eksportchilarga ko‘maklashishga e’tiborsizligini tanqid qildi

Yevropa, Amerika va boshqa rivojlangan davlatlar bozoriga yoki brendlarga eksport hajmini oshirish uchun korxonadan xalqaro standart va sertifikat talab etiladi. Lekin, eksportchilarimizning 12 foizigina bunday talablarga javob berishi aytildi.

O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 millionga yetdi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda.

Rossiyada qarovsiz qolgan 17 nafar voyaga yetmagan bola O'zbekistonga qaytarildi

O'zbekistonga qaytarilgan barcha voyaga yetmagan bolalar yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatdagi maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani ma’lum bo‘ldi

Bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo'shatildi.

Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga ko‘rgan zararlari teng qiymatda qoplanishi qonunda mustahkamlanadi

Qonun xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlarini kuchaytirishga, tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlar hamda shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

YETTB bilan hamkorlikda 815 million yevrolik 8 ta loyiha ishlab chiqilmoqda

Suv taʼminoti, taʼlim, energetika, yo‘llarni rekonstruksiya qilish, transport va qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohalarida 815 million yevrolik 8 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda 5,6 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda

Osiyo taraqqiyot bankining yetakchi hisobotiga muvofiq, narxlar oshishining uy xo‘jaliklarining ixtiyorida bo‘ladigan daromadga taʼsiri natijasida 2024-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish surʼatlarining pasayishi kutilmoqda.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 uchun AJ tashkil etish niyatida

Bunda Qirg‘iziston tomonining loyihadagi ulushi va ustav kapitali 34 foizni, Qozog‘iston va O‘zbekiston tomoni esa 33 foizdan oladi.

O‘zbekiston va Qatar strategik hamkorlik shartnomasi imzoladi

“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 2-yig‘ilish doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda bir qator hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilgan.

Qashqadaryoda yana maktab o‘quvchisi unashtirildi

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishga yordam bermoqchi

“iFlyTek” sun’iy intellekt dasturiy ta’minoti va xizmatlarini yetkazib beruvchi, ayniqsa, ovozni aniqlash, tasvirni qayta ishlash sohalarida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi.

Toshkent viloyatida aholining ehtiyojmand va kam taʼminlangan qatlami oʻtkir virusli “gepatit A” kasalligiga qarshi emlanadi

Emlash xarakatlari uchun 500 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga