Huawei 1
12-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

"Yangi O‘zbekistonning chinakam qahramonlari" - prezident sportchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki munosabati bilan tabrikladi. "Tokio Olimpiadasidan keyin top-15 ga kiramiz deb, katta maqsad qo‘ygandik. Bu yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sayxunobod va Uychi tajribalarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼullarga javobgarlik choralari ko‘riladi

Prezident Zarbdor tajribasi bo‘yicha rahbarlar ijro muddati 1-oktyabr, deb xotirjam yurganiga qatʼiy eʼtiroz bildirdi. Mutasaddilar ushbu 4 ta tuman tajribasi bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘ygan barcha rahbarlarga chora qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Zomindagi dor yo‘li 18 avgustgacha yopildi

“Osma dor yo‘li” mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir yilda bir marotaba o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini olib borish uchun vaqtincha to‘xtatilishi ma'lum qilindi.

Fermerlar uchun QQSni pasaytirish masalasi ishchi guruhga topshirilishi rejalashtirilmoqda

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev QQSni pastroq stavkalarda qo‘llash va bu qo‘llangan taqdirda fermerlar tomonidan sotib olingan yoqilg‘i hisob-kitobi qanday bo‘lishiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir bu masala ko‘rib chiqilmoqda, ammo aniq yechim hali topilmagan.

"Toshkent – Urganch" yo‘nalishi bo‘yicha yo'lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Toshkent aeroporti xalqaro aviaqatnovlar terminaliga ko'chirildi

Bugun Toshkent aeroporti mahalliy aviaqatnovlar terminalida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tantanali kutib olinadi.

Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida yuridik shaxs maqomiga ega va davlat muassasasi bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Xiva shahrida bo'lib o'tgan “Qovun sayli” festivali g‘oliblari taqdirlandi

Tadbir tufayli Xorazm viloyatiga shu kunlarda 30 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar va 400 mingga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.

O‘zbekistonda yangi turistik yo‘nalishlar ochilmoqda

Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatining tuman va shaharlarini bog‘lovchi “Oltin vodiy sayyohlik halqasi” hamda Xorazm va Qoraqalpog‘iston bo‘ylab “Qal’alar halqasi” turistik yo‘nalishlar ishlab chiqildi.

O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 14,6 % ga o‘sdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 9,8 trln so‘mni tashkil etgan.

Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi

Ta’lim muassasasida o‘qish muddati 4-yil bo‘lib, bakalavr darajasidagi oliy diniy ma’lumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91406 | Инструменты