Huawei 1
YETTB bilan hamkorlikda 815 million yevrolik 8 ta loyiha ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitay bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbatda YETTB ishtirokidagi joriy investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayoni va hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. 

Joriy yilning may oyi boshida YETTB bilan birgalikda Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar yuzasidan kelishib olindi. 

Qayd etish lozim, YETTB portfeliga suv taʼminoti va oqova suvlarni tozalash, energetika, markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti, transport, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash sohalarida umumiy qiymati 391,3 million yevrolik 16 ta yakunlangan loyiha, shuningdek, umumiy qiymati 3 milliard yevro bo‘lgan 15 ta hozirgi kunlarda amalga oshirilayotgan loyiha kiradi. 

Shu bilan birga, suv taʼminoti, taʼlim, energetika, yo‘llarni rekonstrutsiya qilish, transport va qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohalarida 815 million yevrolik 8 ta loyiha ishlab chiqilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga